
Ibragimovich MYuda o‘ynovchi murabbiy bo‘lishi mumkin
Shvedtsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich “Manchester Yunayted” bilan o‘ynovchi murabbiy maqomida shartnoma imzolashi mumkin.
Ingliz OAVda yozishlaricha, “qizil iblislar” bosh murabbiyi Joze Mourino “Chelsi”da Dide Drogba bilan amalga oshirgan ishni MYuda Zlatan bilan qilmoqchi.
Portugaliyalik mutaxassisning fikricha, 35 yoshli futbolchi jamoaga zarur va uning tajribasi asqotadi. Xabarlarga qaraganda, Mourino Zlatanning o‘zi bilan bu borada gaplashishga ulgurgan.
Fikrlar