Ibragimovich Shomurodovning jamoasiga qarshi o‘ynamaydi. Chunki...

  • 13 aprel, 2021, 18:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich A Seriyaning 30-turidan o‘rin olgan "Parma"ga (2:0) qarshi o‘yindagi harakatlari uchun jazolandi. Bu haqda Football-italia xabar bermoqda.

Tecno

Italiya futbol federatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasi 39 yoshli shvetsiyalik futbolchini uchrashuv rasmiylariga nisbatan hurmatsizlik qilgani uchun 5 ming evro jarimaga tortdi hamda 1 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi. Endi u 18 aprel kuni "Jenoa"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi hakam Fabio Mareskki bilan ziddiyatdan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan edi.

Ibragimovich joriy mavsum A Seriyada 17 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu o‘yinlarda jami 15 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!