Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasiga nega chaqirilganini aytdi

  • 18 mart, 2021, 22:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich 5 yillik tanaffusdan so‘ng yana Shvetsiya terma jamoasiga chaqirilgani haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Avvalgi xizmatlarim uchun terma jamoaga chaqirilishini istamayman. Hozir jamoaga nimadir berishim uchun meni chaqirishmoqchi. Men bundan besh, o‘n, o‘n besh yoki yigirma yil oldingidek futbolchi bo‘la olmayman. Endi men butunlay boshqacha jismoniy holatga egaman va boshqacha o‘ynayman. Ammo men juda yuqori darajani saqlab turibman.

Meni Zlatan bo‘lganligi uchun terma jamoaga chaqirishmadi. Meni ushbu jamoaga nimadir berish uchun chaqirishdi. Men ushbu chaqiruvga loyiqman deb o‘ylayman”, - dedi 39 yoshli futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!