Ibrohim G‘anixonov: "Bo‘lajak bahsda ham 3 ochko uchun maydonga tushamiz, bundan boshqacha bo‘lishi mumkin emas"

  • 9 avgust, 2023, 17:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubi yozgi selektsiya chog‘ida iqtidorli yarim himoyachi Ibrohim G‘anixonovni qo‘shib olganidan xabaringiz bor.

Tecno

Albatta, ushbu futbolchining qo‘shilishi jamoadagi raqobatni kuchaytirayotgani tabiiy. Ayni paytda G‘anixonov mashg‘ulotlarda o‘zini har tomonlama ko‘rsatish uchun astoydil mehnat qilmoqda.  

Futbolchi “Andijon” matbuot xizmatiga klubga qo‘shilishi, ilk taassurotlari hamda “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuv uchun ko‘rilayotgan tayyorgarlik borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Andijon” klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov bilan gaplashdim va jamoaga o‘tishga qaror qildim. Shuningdek, klub bosh direktori Ulug‘bek aka Mirzaev bilan ham gaplashib oldim. O‘zaro suhbatdan keyin biz shartnoma imzoladik.

Jamoadagi taassurotlarim juda yaxshi. Futbolchilar nihoyatda ahil, jamoa zo‘r. Qo‘shilib ketishim qiyin bo‘lmadi. Negaki, qishki yig‘inda ham “Andijon” bilan birga shug‘ullangandim. Shuning uchun futbolchilar yaqin do‘stlarimdek bo‘lib qolgan. Muhimi, har bir o‘yinga yaxshi tayyorlanib, g‘alaba qozonish va “Andijon” klubiga yordam berishni maqsad qilganman.

Har bir muxlis jamoasidan g‘alabani talab qiladi. Ishqibozlarimiz juda faol va doimo qo‘llab-quvvatlashyapti. Bizning fikru-hayolimiz faqat g‘alaba bilan bog‘liq. Bo‘lajak bahsda ham maydonga uch ochko uchun tushamiz, bundan boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. “Bunyodkor”ga qarshi tayyorgarligimiz yaxshi ketyapti. Xudo xohlasa, g‘alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilamiz, degan umiddaman”, - deydi Ibrohim G‘anixonov.

“Andijon” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ал хилол
09/08/2023 20:27
Курук ваъда булиб колмасин
&
Bek 56
09/08/2023 18:14
Иброх,имжон ва Андижон жамоасидан галаба кутиб к,оламиз