Ibrohimhalil Yo‘ldoshev asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinda jamoasi "Krasnodar"ga yutqazib qo‘ydi (video)

  • 24 oktabr, 2021, 03:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasining 12-turida hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev harakat qiladigan “Nijniy Novgorod” o‘z maydonida “Krasnodar”ni qabul qildi.

Tecno

Gollarga boy kechgan o‘yin 1:4 hisobida mehmonlarning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Krasnodar” safida gollarni Gjegoj Krixovyak (5'), Eduard Spertsyan (56'), Aleksandr Chernikov (73') va Vladimir Ilin (76') kiritdi.

Hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev ushbu bahsni asosiy tarkibda boshladi va bir bo‘lim harakat qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!