Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: Xalqaro darajadagi o‘yinlarda bosim yuqoriroq

  • 28 aprel, 2021, 18:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-turida "Paxtakor" Iroqning "Eyr Fors" klubiga qarshi kurashga kiradi. Ushbu bellashuv oldidan "sherlar" qanot himoyachisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"So‘nggi o‘yinda zafar quchishga intilamiz. Muxlislarni hech bo‘lmaganda mazkur yutuq bilan xursand qilishni istaymiz. Tarkibda men kabi yoshlar ko‘p va ko‘pchilik yaxshi saviyada o‘ynay oladi. Murabbiy ishonchini oqlashga intilamiz. Xalqaro darajadagi o‘yinlarda bosim yuqoriroq. Yosh futbolchilar bunday bellashuvlarda katta tajribaga ega bo‘ladi. Kelajakda bu bizga asqotadi", - dedi Yo‘ldoshev. 

O‘yin ertaga Toshkent vaqti bilan 20:00 da start olishi rejalashtirilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!