Igor Sergeev "Paxtakor" tarkibida yuzlik marrani zabd etdi

  • 07.11.2019 15:15
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Igor Sergeev "Paxtakor" jamoasi uchun o‘zining 100-golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan bir qancha muddat ilgari faoliyatida 100-to‘pini kiritishga erishgan hujumchi endi "sherlar" safida yubiley golini urishga erishdi. "Surxon"ga qarshi bellashuvda kiritgan birinchi to‘pi Sergeev uchun "Paxtakor"dagi 100-goliga aylandi. O‘sha kuni u 101-golini ham kiritib ulgurdi.

Gollardan 82tasi milliy chempionat bahslariga to‘g‘ri keladi. Yana 10 to‘pni Chempionlar Ligasi uchrashuvlarida kiritgan bo‘lsa, qolgan gollar kubok o‘yinlarida urilgan. Shunday qilib, Igor "Paxtakor" safida 206 bellashuvda 101 to‘p kiritdi. Chempionatdagi ko‘rsatkichlari esa 153 bahsda 82 golni tashkil qilmoqda.

Sergeev joriy mavsum "Paxtakor" bilan 4-marta O‘zbekiston chempioni va 2-bor O‘zbekiston Kubogi sohibi bo‘lishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!