
Iguainga 5 ta davlatdan takliflar bor
"Yuventus" forvardi Gonsalo Iguainga turli mamlakatlardan takliflar bo‘lmoqda.
Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra, 32 yoshli argentinalik futbolchiga 5 ta davlat jamoalaridan taklif bor. Bular Angliya, Ispaniya, Frantsiya, Xitoy va AQSh.
Iguain “Yuve” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 149 ta o‘yinda maydonga tushdi va 66 ta gol hamda 16 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning agenti ayni damda turinliklar bilan shartnomani bekor qilish ustida ish olib bormoqda.
Fikrlar