Ikardi APL klubidan bo‘lgan taklifni rad etdi

  • 3 iyul, 2022, 11:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

PSJ hujumchisi Mauro Ikardi "Vulverxempton"ning taklifini rad etdi, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.

Avvalroq, argentinalik hujumchi uchun Italiyaning “Montsa” klubi ham taklif yuborgani xabar qilingandi.

Ikardining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali 29 yoshli futbolchini 22 million evroga baholamoqda.

Ikardi o‘tgan mavsumd PSJ safida jami 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi. Futbolchi 2020 yilning yozidan buyon parijliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!