Ikardi aybini kechirishi uchun rafiqasiga bor boyligini berdi

  • 14.11.2021 20:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

Bir vaqtlar Mauro Ikardi hamkasbi va do‘sti Maksi Lopesning rafiqasi Vanda Narani o‘ziga og‘dirib olgandi. Buning oqibatida Lionel Messi Ikardini terma jamoaga yaqinlashtirmay qo‘ydi. Hozir har ikki hujumchi PSJ sharafini himoya qilayotgan bo‘lsa-da, munosabatlardagi hamon sovuqlik saqlanib turibdi.

Shu bilan birga, Ikardining hayoti ham tinch emas. Maksi Lopesga vafo qilmagan Vanda Nara Mauroni ham tark etmoqchi. Turmushini saqlab qolish maqsadida Mauro Ikardi bor mulkini Vanda nomiga o‘tkazib berdi.

Argentinalik hujumchi o‘zining hozirgi mulki, shartnomalaridan tashqari kelajakda tuziladigan kelishuvlarigacha Vanda Naraga rasmiylashtirib berdi. Shavqatsiz go‘zal futbolchining bor mulkiga 2050 yilgacha egalik qiladi.

Vanda Naraning ajrim berishiga sabab qilib Ikardi unga xiyonat qilgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shahzod_andmi
15/11/2021 10:03
Xotin quli ikardi