Ikardi bir qarorga keldi
Mavsumni PSJ safida ijarada o‘tkazayotgan “Inter” hujumchisi Mauro Ikardi faoliyatini qaerda davom ettirish haqida qaror qabul qildi.
Xabarlarga qaraganda, 27 yoshli argentinalik futbolchi mavsum yakunlangach Parijdan ketmoqchi va Italiyaga qaytishni rejalashtirmoqda.
Mauro Ikardi joriy mavsum PSJ safida jami 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi esa 75 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar