Ikardi PSJdan ketadi

  • 15.05.2021 21:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Mauro Ikardi yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirmoqchi.

Tecno

L'Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 28 yoshli argentinalik futbolchi o‘zining bu boradagi istagini klub rahbariyatiga ham ma’lum qilgan. Ikardining agenti allaqachon mijoziga yangi jamoa qidirishni boshlab yuborgan.

Ikardining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan. Uning transfer narxi 55 million evroga baholanmoqda.

Mauro joriy mavsum parijliklar safida 26 ta o‘yinda ishtirok etdi va raqiblari darvozasiga 12 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!