
Ikardining rafiqasi uni boshqa jamoaga joyladi
PSJ tez orada argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bilan xayrlashadi. Klub mutasaddilari bu o‘yinchiga yangi jamoa topishi kerakligini aytganidan keyin unga transfer agenti xizmatlarini ko‘rsatadigan rafiqasi Vanda Nara ishga tushgan edi.
Vanda Nara o‘z turmush o‘rtog‘ini “Galatasaroy” jamoasiga joyladi. O‘tkazilgan muzokaralar natidasida 29 yoshli futbolchi oilasi bilan Turkiyaga ko‘chib o‘tadigan bo‘ldi.
Mauro Ikardiga A Seriya debyutanti “Montsa” qiziqish bildirib, rad javobini olgandi. Shuningdek, “Manchester Yunayted” ham uning nomzodini o‘rgangan, lekin ish rasmiy taklifgacha etib bormagan edi.
Fikrlar