
Ikki irland jangchisi bir-birini yomon ko‘radimi yoxud O’Melli MakGregorni g‘azablantirmoqchi
O‘ta engil vazn toifasida UFC chempioni Shon O’Melli o‘z ro‘yxatiga Umar Nurmagomedov ustidan qozonilgan g‘alabani qo‘shmoqchi ekanligini aytdi.
O‘tgan dam olish kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan "UFC on ABC 7" turnirida Nurmagomedov yakdil qaror bilan Kori Sandxagenni mag‘lub etib, kamar uchun asosiy da’vogarlardan biriga aylandi.
"Agar Umarni mag‘lub etsam, bu Konor MakGregorni g‘azablantirishning ajoyib usuli bo‘lardi. U qanchalik hasad qilishini tasavvur qila olasizmi? Umar bilan jang juda katta voqelik bo‘ladi ”, - dedi O’Melli o‘zining Yutub kanalida.
Fikrlar