Ikki shaxmatchimiz FIDE reytingida "TOP-10"dan joy oldi

CHERY AUTO

Shuningdek, yana ikki nafar yosh va iqtidorli shaxmatchimiz "TOP-30"ga kiritilgan. Dunyodagi eng yosh grossmeysterlardan biri Javohir Sindorov 26-pog‘onada qayd etilgan bo‘lsa, Shamsiddin Vohidov 30-o‘rinni egallab turibdi.

Tecno
Xalqaro shaxmat federatsiyasi, ya’ni FIDE fevral oyi uchun o‘zining yangi reyting jadvalini e’lon qildi. E’tiborlisi, tashkilotning o‘smirlar reytingida ikki nafar hamyurtimiz kuchli o‘nlikdan joy oldi. Bular – Nodirbek Abdusattorov (reytingda 4-o‘rinni egallab turibdi) hamda Nodirbek Yoqubboevdir (8-o‘rin).

O‘smirlar reytingini asli eronlik, ammo hozirda xalqaro musobaqalarda FIDE bayrog‘i ostida ishtirok etayotgan Alirizo Feruziy boshqarib bormoqda. Kuchli uchlikdan Rossiya terma jamoasi a’zosi Andrey Esipenko hamda yana bir Eron shaxmat maktabi vakili Muhammadamin Tabatabay o‘rin olgan.

Quyida to‘liq jadval bilan tanishib chiqishingiz mumkin bo‘ladi:

photo_2021-02-18_10-45-56

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!