
Ilgiz Tantashevni tanqid qilishmoqda
Osiyo kubogi 3-turidan o‘rin olgan Eron - BAA uchrashuvida Galeoni shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchdi. 3 ochkoni qo‘lga kiritgan eronliklar birinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l olishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu uchrashuvda o‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev ishladi. Eron futbolini yoritib boradigan "Team Melli FR" tvitter kanali esa referini tanqid qildi.
Tarjimasi: "3 ta gol bekor qilindi, yana ahmoqona penalti... Korruptsiya hech qachon yo‘q bo‘lmaydi".
Tantashev hozircha Osiyo kubogining ikkita o‘yinini boshqardi. Mutaxassis Indoneziya - Iroq (1:3) to‘qnashuvida bosh hakam, Livan - Xitoy bahsida zaxira hakami vazifasini bajardi.
Fikrlar