
Ilk Superkubokni "Navbahor" yutgan, "Nasaf" esa eng ko‘p bu sovringa ega chiqqan. Eng ko‘p mag‘lub bo‘lgan jamoa - "Paxtakor"
Ertaga O‘zbekiston Superkubogi doirasida "Nasaf" hamda "Andijon" jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Ushbu bahs oldidan sizga O‘zbekiston Superkbogi tarixi haqida qisqacha ma’lumot beramiz.
O‘zbekiston Superkubogi ilk bora 1999 yilda o‘tkazilgan va unda Namanganning "Navbahor" klubi zafar quchgan. Birinchi o‘tkazilgan Superkubok bahsidan so‘ng 15 yillik pauza bo‘lgan. Nihoyat, 2014 yilda yana Superkubok qaytgan va unda "Bunyodkor" zafar quchgan.
2015 yilda "Nasaf" turnir g‘olibi bo‘lgan va 2016 yilda "Lokomotiv" ushbu sovringa ega chiqqan. Shundan so‘ng yana 2 yillik pauza vujudga kelgan.
Umuman olganda, Superkubokni eng ko‘p yutgan jamoa - "Nasaf". Ular uch marotaba bu sovringa ega chiqqan. Finallarda eng ko‘p mag‘lub bo‘lgan klub esa "Paxtakor" hisoblanadi. Umumiy hisobda - 5 marta.
Shuningdek, "Nasaf"dan so‘ng eng ko‘p Superkubok g‘olibi bo‘lgan jamoalar bular "Paxtakor" va "Lokomotiv" klublari sanaladi. Ular 2 marotabadan O‘zbekiston Superkubogida zafar quchgan. "Bunyodkor" va "Navbahor"da esa bu turdagi sovrinlar - 1 ta.
Fikrlar