
Ilyos Zeytullaev: "Birinchi bo‘limdagi o‘yinimiz mavsumdagi eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri"
Superliga 13-turi doirasidagi «Dinamo» - «Bunyodkor» (0:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi. Bu haqida "Dinamo" matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Avvalo, bugungi ajoyib futbol bayrami uchun samarqandlik futbol muxlislarga rahmat aytishimiz kerak. Muxlislar bilan liq to‘lgan stadionda o‘ynash yoqimli hamda futbolchilar uchun yaxshi stimul. Jamoaga ham navbatdagi marta minnatdorchilik bildiraman, yigitlar yuraklari bilan o‘ynashdi, jamoadoshlari uchun ham harakat qilishdi. Birinchi bo‘limdagi o‘yinimiz bu mavsumdagi eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri bo‘ldi. «Dinamo» ham juda yaxshi jamoa, bu mavsumda buni ko‘rsatib kelmoqda», - dedi Ilyos Zeytullaev o‘yindan keyin.
Fikrlar