Ilyos Zeytullaev: "Biz jamoa sifatida kuchlimiz"

  • 11 may, 15:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 9-turidan o‘rin olgan “Nasaf” - “Bunyodkor” (2:2) o‘rtasidagi uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "Bunyodkor"  ustozi Ilyos Zeytullaev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Futbolchilarimga rahmat! Biz qiyin haftani boshimizdan o‘tkazdik. Shunday bo‘lsa-da, barcha birdamlikni saqlab qoldi. Bugun qiyin holatdan chiqib ketdik va futbol o‘ynay olishimizni ko‘rsatdik. Yaxshi hujum qildik, kuchli himoyalandik. Biz jamoa sifatida kuchlimiz. “Nasaf” amaldagi chempion. Ular ayni damda O‘zbekistondagi eng kuchli jamoa.

Qarshida, yana “Nasaf”ga qarshi o‘yinda hech qaysi jamoada ko‘p vaziyat bo‘lmaydi. Amaldagi chempionga qarshi o‘yin qiyin bo‘lishini bilgandik. Natija adolatli bo‘ldi. Ha, balki raqib ko‘proq vaziyatlarga ega bo‘lgandir? Biroq bu - futbol va u so‘nggi daqiqagacha davom etadi. Hatto so‘nggi soniyalarda jamoalar mag‘lubiyatga uchramoqda. Oxirgi yillarda O‘zbekistonda futbol rivojlanayotganini ko‘rib turibman. Agarda yana bir qancha jihatlar to‘g‘irlansa bu chempionat superchempionatga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!