Ilyos Zeytullaev: "Mag‘lub bo‘lishimiz ham mumkin edi"

  • 19 aprel, 14:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 6-turidan o‘rin olgan «Xorazm» – «Bunyodkor» (0:0) uchrashuvidan keyin "Qaldirg‘ochlar" ustozi Ilyos Zeytullaev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugun ham maydonga g‘alaba qozonish uchun tushgan edik. «Qizilqum»ga qarshi o‘yindan farqli ravishda bugun ochiqroq o‘yin bo‘ldi, vaziyatlarni ko‘proq yaratdik. Biroq ulardan foydalana olmadik. Yakunda bu o‘yinda mag‘lub bo‘lishimiz mumkin edi. Ruhiyatni tushirishimiz kerak emas, bir ochko bo‘lsa ham qo‘lga kiritdik. Yigitlar katta mehnat qilishmoqda. Jamoa sifatida o‘sishimiz kerak. Bu borada xulosalar chiqaramiz. Hozirgi holatimizdan mamnunman. Biz yig‘inlar boshlangandan beri mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoa bo‘lib turibmiz. Shu yo‘lda davom etishimiz kerak. Futbolchilarimga qilayotgan mehnati uchun rahmat aytaman!

Biz shunchaki vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Mavsum boshidagi o‘yinlarda vaziyatlardan gollar urayotgandik. Bugun ham xavfli vaziyatlarimiz ko‘p bo‘ldi. Adashmasam 3 marta darvoza to‘sinini poyladik. O‘yinni o‘zi asosan raqib yarim maydonida o‘tdi. Yopilib olib, tezkor hujumlarga tayanadigan jamoalarga qarshi o‘ynash qiyin. Chunki ular doimo ritmni o‘ldirishga harakat qilishadi. Hakamlar qo‘shimcha daqiqalarni hisobga olib turishadi. Biroq gap qo‘shilayotgan vaqtda emas, o‘ldirilayotgan ritmda. Yigitlar oldinga harakatlanib, hujumlar uyushtirayotgan, muxlislar futbolchilarni oldinga boshlayotgan paytda raqib shunchaki 3-4 daqiqani yo‘qotadi. Ba’zida bu holat meni o‘yga soladi. Biroq bularning barchasi futbol.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!