Imavov:"Bu jang men uchun hamon qiziq"

  • 03.02.2024 14:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

 Frantsiyalik UFC ning o‘rta vazn toifasidagi jangchisi Nassurdin Imavov o‘tgan yilning yanvar oyida ochkolar bo‘yicha mag‘lub bo‘lgan sobiq chempion Shon Striklendga qarshi yana oktagonda jang qilishni xohlamoqda.

Shon chempionlikni qo‘lga kiritganida juda xursand bo‘lgandim, chunki men u bilan revansh jangini doim xohlardim. Garchi u endi kamarga ega bo‘lmasa ham, bu jang men uchun hamon qiziq. U men uchun ajoyib raqib bo‘lib qolmoqda", - deya Imavovdan iqtibos keltiradi MMA Mania.

Eslatib o‘tamiz, Imavov(12-4-1N/C) Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan "UFC Fight Night 235" turnirisa gruziyalik Roman Dolidze(12-2) bilan jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!