Inesta "Chelsi"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritildi
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Andres Inesta EChL 1/8 final bosqichi doirasida "Chelsi"ga qarshi kechadigan o‘yinda ishtirok etishi mumkin.
33 yoshli futbolchi jamoasining ertangi o‘yin uchun qaydnomasidan o‘rin oldi. "Barselona" ustozi Erneste Valverde o‘yin oldi matbuot anjumanida 33 yoshli futbolchi ertaga 100 % tayyor bo‘lsa, maydonga tushishi mukkinligini aytib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, "Barselona" - "Chelsi" o‘yini ertaga 00.45 da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar