Infantino FIFA prezidenti lavozimiga qayta saylanadi
FIFA prezidenti Janni Infantino 2031 yilgacha o‘z lavozimida qolishni rejalashtirmoqda. Funktsionerning o‘zi 2027 yilda yangi muddatga qayta saylanish niyatini Vankuverda (Kanada) bo‘lib o‘tayotgan FIFA kongressida e’lon qildi.
Infantino 2016 yildan buyon FIFA prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. Tashkilot nizomi ushbu lavozimda bo‘lishning maksimal muddatini to‘rt yillik uch muddat bilan cheklaydi. Biroq 2022 yilda FIFA kengashi Infantinoning 2016-yildan 2019 yilgacha prezidentlikdagi birinchi muddatini hisobga olmaslikka qaror qildi.
Shunday qilib, Infantino uchun to‘rtinchi muddat uchinchi muddat bo‘ladi va g‘alaba qozongan taqdirda uning lavozimda bo‘lish muddatini 15 yilga uzaytiradi. 2023 yildgi saylovlarda u yagona nomzod bo‘lgan.

Fikrlar