Insaydimiz tasdiqlandi! Muhammadali Musaxonov - "Surxon" futbolchisi
Muhammadali Musaxonov - "Surxon" futbolchisiga aylandi. "Uchar tulporlar" matbuoti xabarni e’lon qildi.
"Jamoamiz safiga yosh va iste’dodli futbolchi Muhammadali Musaxonov qo‘shildi. Musaxonov 17 yoshda bo‘lib, himoya chizig‘i futbolchisi hisoblanadi. Noyabr oyida bo‘lib o‘tgan U17 yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Musaxonov O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi safida uchta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirdi. Umuman olganda, Musaxonov U17, U18 va U19 yoshlar terma jamoalarida jami 40ta uchrashuv o‘tkazgan
Jamoamiz yosh va iste’dodli futbolchilarga katta e’tibor qaratgani sababli, klub rahbariyati Odil Ahmedov akademiyasidan futbolchini to‘liq sotib olish va u bilan to‘laqonli transferni amalga oshirishga qaror qildi. 17-yoshli Musaxonov bilan 3-yil muddatga shartnoma imzolandi
Muhammadali Musaxonov
Tug‘ilgan sana: 18.12.2008
Fuqaroligi: O‘zbekiston
Amplua: Chap qanot jimo’yachisi
Klub nomidan Muhammadalini samimiy qutlaymiz va unga “Surxon” safida omad, yorqin o‘yin hamda ko‘plab sifatli o‘yinlarni kutamiz, - deyiladi xabarda.

Fikrlar