
Insine Argentinadan uchralgan mag‘lubiyatni sharmandalik deb atadi
Italiya terma jamoasi hujumchisi Lorentso Insine kecha Argentinaga (2:0) qarshi bahsda uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz gol ura olmadik. Bu sharmandali holat. Chunki biz juda yaxshi o‘ynadik. Balki o‘sha 2ta golni ham o‘tkazmasligimiz mumkin edi. Agar natijani hisobga olmasak, biz ajoyib o‘yin namoyish etdik va biz oldinga qadam tashlashda davom etamiz.
Menimcha biz Argentinaga etarli qarshilik ko‘rsata oldik. Agar tarkibimizda Immobile bo‘lganida o‘ylaymanki biz hozir umuman boshqa mavzu haqida gaplashayotgan bo‘lardik”, - deydi “Napoli” futbolchisi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi JCh-2018 saralashida omadsizlikka uchragan va yo‘llanmadan quruq qolgan edi.
Fikrlar