
"Instagram" yulduzi Nusret FIFA qoidalarini buzgan bo‘lishi mumkin. Bunga sabab...
Turkiyalik mashhur oshpaz, "instagram"da taniqli bo‘lib ulgurgan Nusret Gukche Qatardagi jahon chempionati finalida mundial kubogini ushlab turgan rasmini tarmoqdagi sahifasiga joylashtirdi. Bu esa FIFA qoidalarining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Gap shundaki, u Argentina terma jamoasini tabriklash bilan birga kubok bilan birga suratga tushishga ham ulgurdi. FIFA qoidalariga muvofiq, sovringa faqat chempion jamoa vakillari teginishi mumkin. Begonalarning unga tekkani qoidaning buzilishini anglatadi.
Ma’lumot o‘rnida, Nusretning futbol bo‘yicha oliy tashkilot rahbari Janni Infantino bilan munosabati ijobiy. Unga bunday huquqni aynan Infantino taqdim etgan, degan farazlar ham yo‘q emas.
Fikrlar