
"Inter" 3 nafar etakchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Milanning "Inter" klubi rahbariyati jamoaning etakchi futbolchilari bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.
Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, rahbariyat Lautaro Martines, Nikolo Barella va Martselo Brozovichga yangi shartnoma taklif qilishni reja qilgan.
"Neradzurrilar" Martinesga 2023 yilga qadar, Barellaga 2024 yilga qadar, Brozovichga 2022 yilga qadar imzolangan kelishuv taklif qilishmoqchi.
Ma’lumot uchun, argentinalik futbolchi 2018 yildan buyon, italiyalik futbolchi 2019 yildan buyon, xorvatiyalik futbolchi 2016 yildan buyon "Inter" safida to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar