
"Inter" argentinalik hujumchisi bilan shartnomani uzaytiradi
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines tez orada klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishi mumkin.
Sportsmole tarqatgan xabarga qaraganda, 24 yoshli argentinalik futbolchi “neradzurrilar” bilan 2026 yilgacha bo‘lgan bitimni imzolashga kelishgan. Shuningdek, futbolchining maoshi oshiriladi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2023 yilning yoziga qadar imzolangan. Yangi shartnomada Martinesning tovon puli belgilanmagan.
Bundan avvalroq, Martinesga "Arsenal", "Barselona", "Real" va "Tottenxem"dan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar