
"Inter" "Atalanta" sardori bilan kelishuvga erishdi
"Atalanta" sardori Alexandro Gomes "Inter"ga o‘tishga yaqin turibdi.
Corriere della Sera nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "neradzurrilar" 32 yoshli argentinalik futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, tomonlar 2023 yilga qadar shartnoma imzolaydi va Gomes yiliga 2,5 mln evro maosh oladi.
O‘z navbatida “Atalanta” Gomesning transferi uchun 8-12 mln evro talab qilmoqda. “Inter” esa ushbu narxni pasaytirishga harakat qilmoqchi.
Alexandro Gomes joriy mavsum “Atalanta” safida jami 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar