
"Inter" bosh murabbiyi mavsum yakunida ishsiz qolishi mumkin
Milanning “Inter” klubi bosh murabbiyi Simone Indzagi mavsum yakunida ishsiz qolishi mumkin. Jurnalist Janluka di Martsioning yozishicha, “neradzurrilar” rahbariyati italiyalik mutaxassisning faoliyatidan norozi.
Klub rahbariyatining fikricha, Indzagi qo‘l ostidagi tarkibni hisobga olganda, hozirgidan ancha yaxiroq natijalarni ko‘rsatishi mumkin edi. Aytish kerakki, “Inter” ayni damda A Seriya musobaqa jadvalida 50 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. “Neradzurrilar” peshqadam “Napoli”dan 21 ochkoga ortda qolmoqda.
Indzagi o‘rniga nomzodlar orasida "Inter"ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Bolonya"ni boshqarayotgan Tiago Motta ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, «Portu»dan Serxio Konseysau taklif qilinishi mumkinligi haqida ham mish-mishlar tarqaldi.
Fikrlar