"Inter" chempionlik mavsumidagi natijasini takrorlamoqda

  • 06.12.2020 12:31
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"Inter" Italiya A Seriyasi 10-turidan o‘rin olgan "Bolonya"ga qarshi bahsni 3:1 hisobida o‘z foydasiga hal etdi.

Milanliklar chempionatning 10 ta o‘yinida 26 ta gol urdi va bu borada 2009/10-yoilgi natijasini takrorladi. Qizig‘i, o‘sha mavsum yakunida ular Skudettoni qo‘lga kiritgandi. "Nerradzurrilar" bu mavsum ichki chempionat doirasida o‘zi o‘ynagan barcha jamoaga gol urib kelmoqda.

Konte shogirdlari turnir jadvalida "Milan"ni taqib qilmoqda. 1 ta kam o‘yin o‘tkazgan "rossonerilar" hamshaharlarini 2 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!