
"Inter" darvozaboni so‘nggi 7 yildagi eng yaxshi natijani qayd etdi
A Seriyaning 17-turida "Inter" "Jenoa" (4:0) klubini mag‘lub etdi.
Bu milanliklar darvozaboni Samir Xandanovich uchun "neradzurri"lar tarkibidagi A Seriya doirasida 100-quruq o‘yini bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Xandanovich 2012 yili "Udineze" klubidan "Inter"ga o‘tgan edi. Shu paytgacha, A Seriyada sloveniyalik darvozabondan hech kim ko‘proq quruq o‘yin o‘tkazmadi.
Joriy mavsumda, 35 yoshli darvozabon A Seriya doirasida 17 ta bahs maydonga tushib, 7 ta quruq o‘yin o‘tkazdi.
Fikrlar