"Inter" Dimarkoga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
"Inter" chap qanot himoyachisi Federico Dimarko bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga koʻra, "neradzurrilar" rahbariyati 28 yoshli futbolchi bilan muzokaralar oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Unga koʻra, yangilangan shartnomada futbolchining maoshi oshiriladi. Bundan tashqari, nomaʼlum ingliz jamoasi italyalik futbolchiga qiziqish bildirgan, ammo himoyachi "Inter"ni tark etish niyatida emasligi bildirgan.
Eslatib oʻtamiz, bu mavsumda Federico Dimarko Kristian Chivu jamoasi safida barcha musobaqalarda 26 ta oʻyinda qatnashib, toʻrtta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozida tugaydi.



Fikrlar