“Inter” Ikardini qo‘yib yubormaslikka harakat qilmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Milanning “Inter” klubi hujumchi Mauro Ikardining 2018 yilning yozidan kuchga kiradigan shartnomasini qayta ko‘rib chiqmoqchi. “Neradzurrilar” uning yangi shartnomasidagi 90 mln evroga sotib olish mumkinligi borasidagi bandini olib tashlashni rejalashtirmoqda.

Football Italia xabariga ko‘ra, “Inter” uning maoshini 4,7 mln evrodan 6,5 mln evroga ko‘tarishga rozi. Ikardining vakillari esa yiliga 7 mln evrolik maosh so‘ramoqda.

Ma’lumot uchun, argentinalik forvard “Inter” sardori sanaladi va bu mavsum A Seriyada 22 ta bahsda maydonga tushdi hamda 18 ta gol kiritishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!