"Inter" Italiya terma jamoasining 19 yoshli futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 2 noyabr, 2023, 11:43
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Atalanta" markaziy himoyachisi Jordjo Skalvini "Inter"ning asosiy maqsadiga aylandi.

"Neradzurrilar" 19 yoshli futbolchini o‘tgan mavsum yakunidasotib olmoqchi edi, biroq muzokaralar samara bermadi. O‘shandan beri o‘sib borayotgan yulduz ko‘plab xorijiy gigantlarning e’tiborini jalb qila oldi, ammo "Inter" ham chetda turgani yo‘q. 

"Tuttosport" nashri xabariga ko‘ra, Milan klubi rahbariyati Skalvinini kelasi yoz uchun asosiy transfer maqsadi sifatida belgilab qo‘ygan.

"Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, Italiya terma jamoasining a’zosining narxi 40 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!