
"Inter" Markos Alonsoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Markos Alonso jamoadan ketishga yaqin turibdi.
The Telegraph nashrining yozishicha 29 yoshli ispaniyalik futbolchi "aristokratlar" bosh murabbiyi Frenk Lempardning rejalariga kirmaydi va shu bois “Chelsi” uni yanvardayoq sotib yuborishni rejalashtirgan.
Ma’lumotlarga qaraganda Alonsoni keyinchalik sotib olish huquqi bilan "Inter" ijaraga olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Markos Alonso joriy mavsum “Chelsi” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar