
"Inter" Martines o‘rniga zo‘r hujumchi topib qo‘ydi
Milanning “Inter” klubi yozda “Barselona”ga o‘tishi mumkin bo‘lgan hujumchisi Lautaro Martines o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda.
Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” bu borada “Atalanta” forvardi Duvan Sapata nomzodini ko‘rib chiqishmoqda. “Inter” 28 yoshli kolumbiyalik futbolchi uchun taxminan 50 million evro taklif qilmoqchi.
Ma’lumot uchun, Sapata joriy mavsum A Seriyada 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “Atalanta” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar