Mareska Husanov va sochi olingan Xoland bo‘yicha qarorini e’lon qildi
Angliya premer-ligasining birinchi turida «Manchester Siti» oʻz maydonida «Bornmut»ni qabul qiladi. «Shaharliklar» bosh murabbiyi Enco Mareska uchrashuvni quyidagi tarkib bilan boshlashga qaror qilgan:
Donnarumma, Xusanov, Diash, Gexi, Gvardiol, Lyuis, Anderson, O’Rayli, Semenyo, Foden, Xolann.
«Manchester Siti» – «Bornmut» bahsi Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi. «Etihad Stedium»da kechadigan bellashuv voqealarini LiveResult portali olib boradigan matnli onlayn-translyatsiya orqali kuzatish mumkin boʻladi.
Shuningdek, «Manchester Siti» mavsum oldidan Angliya Superkubogi uchun uchrashuv oʻtkazgan va unda «Arsenal»ga 0:3 hisobida magʻlub boʻlgan edi.
Eslatib oʻtamiz, APL starti oldidan Erling Xolann imidjini oʻzgartirib, sochini qisqa qilib oldirgani haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar