"Inter" Martinesning transferi bo‘yicha yuborgan taklifiga rad javobini oldi

  • 26 iyul, 2023, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" "Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martinesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. TyC Sports nashri xabariga ko‘ra, italyan klubi argentinalik darvozabon uchun 15 million evro taklif qilgan, biroq rad javobini olgan. Endi "Inter" taklifni oshirish haqida o‘ylamoqda.

Tecno

Ayni damda Martinesning transferi bo‘yicha kelishuv yo‘q. Klub futbolchining agenti bilan aloqada. Emiliano hozirda “Aston Villa”da mavsumoldi mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda.

30 yoshli darvozabon o‘tgan mavsum “Aston Villa” safida barcha turnirlarda jami 37 ta o‘yinda maydonga tushib 39 ta gol o‘tkazib yubordi va 13 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!