
"Inter Mayami" Messisiz o‘ynashni o‘rganishi kerak...
"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xerardo Martino bugun bo‘lib o‘tgan "Nyu-York Red Bullz"ga (2:0) qarshi o‘yinda hujumchi Lionel Messining ikkinchi bo‘limida maydonga tushganiga izoh berdi.
“G‘alaba qozonish juda muhim. Biz rotatsiya bilan o‘ynashga ko‘nikishimiz kerak, chunki Leo terma jamoa yig‘iniga qo‘shilish arafasida. U bu yil kamida uchta o‘yinni o‘tkazib yuboradi va keyingi yil ham shunday bo‘ladi. U bu erda bo‘lmaganida ham jamoa natija ko‘rsatishi kerak”, - dedi Martino MLS rasmiy saytiga bergan intervyusida.
“Inter Mayami” bugungi g‘alabadan so‘ng MLSdagi 11 o‘yindan iborat mag‘lubiyatli seriyasi yakun topdi. Keyingi turda jamoa "Nashvill" bilan uchrashadi. O‘yin 31 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar