“Inter” Mourinoga murojaat qildi

  • 26 may, 2022, 14:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” klubi Konferentsiyalar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan “Roma” va jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoni tabrikladi.

Tecno

- “Roma” va Joze Mourinoni Konferentsiyalar ligasidagi muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz. Evropada g‘olib chiqish, bu o‘zgacha tuyg‘u, - deyiladi “Inter” rasmiy bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, “Inter”ning o‘zi Evropa miqyosidagi so‘nggi sovrinini aynan Joze Mourino qo‘l ostida qo‘lga kiritgan. 2010 yilgi Chempionlar ligasida milanliklar barcha raqiblarini engib, musobaqa g‘olibi bo‘lgan.

Qizig‘i shundaki, “Inter”dan keyin “Roma”gacha Italiyaning birorta klubi qit’a miqyosidagi turnirlarda bosh sovringa ega chiqmagan. Har ikki holatda ham Italiya jamoalariga Joze  Mourino ustozlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!