
"Inter" MYu forvardi uchun kurashga qo‘shildi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Taxit Chong A Seriyaning yana bir klubi e’tiboriga tushdi.
Sky Sports Italia nashriga ko‘ra, "Inter" mutasaddilari 20 yoshli forvard agentlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Unda futbolchining transferi masalasi ko‘rib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, forvard uchun "Yuventus" ham da’vogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
MYu va hujumchi o‘rtasidagi kelishuv mavsum so‘nggida yakuniga etadi, biroq forvard mankunianliklar bilan kelishuvni uzaytirmoqchi emas va erkin agent sifatida klubni tark etmoqchi.
Fikrlar