
“Inter” “Real”ga zo‘r rokirovka taklif qilmoqda
“Inter” rahbariyati A Seriyaga moslasha olmagan pleymeyker Kristian Eriksendan tezroq qutilmoqchi.
Ana shu maqsadda, milanliklar “Real”dan daniyalik futbolchini olib, o‘rniga Zinedin Zidanga kerak bo‘lmay qolgan pleymeyker Iskoni berishni so‘ramoqda.
Hozircha, madridliklar bu rokirovkani qabul qilgani yo‘q. Chunki, Isko Angliya premer-ligasi vakillari – “Everton”, “Tottenxem” va “Arsenal” nishonida turibdi. Futbolchining o‘zi ham zamonaviy futbol vatanida o‘z kuchini sinab ko‘rishga qarshi emas.
Fikrlar