
“Inter” Shneyderlenni sotib olishi mumkin
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Morgan Shneyderlen faoliyatini Milanning “Inter” klubida davom ettirishi mumkin. La Gazzetta dello Sport neshrining ma’lum qilishicha, “neradzurrilar” 27 yoshli frantsuzni yanvarda sotib olishlari mumkin.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha, shartnoma shartlari hozircha oshkor etilmayapti. Eslatib o‘tish lozim, “MYu” Shneyderlenni o‘tgan yili “Sautgempton”dan 28,5 million evro evaziga sotib olgan edi. Bu mavsum frantsiyalik futbolchi “qizil iblislar” safida asosiy tarkibda biron martta ham maydonga tushmagan.
Avvalroq, uning “Everton”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar