
"Inter" so‘nggi daqiqada "Milan"dan g‘alabani tortib oldi (video)
Italiya kubogining chorak finalida “Inter” hamshahari “Milan”ga qarshi bahs olib bordi.
“San Siro”dagi bellashuv 2:1 hisobida “neradzurrilar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. “Inter” safida gollarni Romelu Lukaku (71') hamda Kristian Eriksen (90') kiritgan bo‘lsa, “Milan”ning yagona goliga Zlatan Ibragimovich (31') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar