
Inter transferi to‘g‘ri qaror bo‘ldi
Daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen "Inter" tarkibiga ko‘chib o‘tishi va jamoadagi o‘rni haqida gapirib o‘tdi.
"Siz "Inter" safida haqiqiy Eriksen o‘yinini ko‘rdingiz deb o‘ylamayman. Men endi yanada yaxshi to‘p surishim va jamoa bilan ko‘proq g‘alabalar qozonish niyatidaman.
"Napoli"ga qarshi yaxshi o‘yin o‘tkazdim, biroq buni jamoaga foydasi bo‘lmadi, shunday ekan buning men uchun hech qanday ahamiyati yo‘q.
Bu to‘g‘ri transfer bo‘ldi. "Inter"da klub va muxlislar meni juda yaxshi kutib olishdi", - deydi Eriksen.
Fikrlar