"Inter" yangi hujumchi topdi

  • 12.01.2026 16:50
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlahovich faoliyatini Italiya­ning boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Lа Stampa" nashri xabar bermoqda. 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli forvardning xizmatlariga "Inter" qiziqish bildir­moqda. Milanliklar serbiyalik futbolchini  erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni reja qilgan. Dushanning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.

Ma’lumot uchun, Vlahovich 2022 yildan beri turinliklar safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida forvard 162 ta uchrashuvda maydonga tushib, 64 ta gol kiritdi va 16 ta golli uzatma amalga oshirgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!