"Inter" "Yuventus"ni dog‘da qoldirmoqchi

  • 19 may, 2020, 15:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real"ning "Borussiya Dordmund" safida ijara asosida to‘p surayotgan qanot himoyachisi Ashraf Hakimi yangi mavsumni Italiyada boshlashi mumkin.

Tecno

21 yoshli futbolchi xizmatlariga A Seriyaning "Inter" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda. "Neradzurrilar" 50 million evroga baholanayotgan marokashlik himoyachi agentlari bilan bo‘lajak transfer masalalarini muhokama qilishga hozirlik ko‘rishmoqda.

Oldinroq, madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan Hakimini "Real" asosiy tarkibidan joy topib bera olmasligi xabar qilingan edi. Joriy mavsumda Bundesligada 26 ta o‘yinda maydonga tushgan Hakimi 10 ta golli uzatma va uchta gol muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!