“Inter”ga MYu futbolchisi kerak

  • 19.06.2020 19:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Inter” rahbariyati Aleksis Sanchesning ijara muddatini uzaytirish maqsadida “Manchester Yunayted” vakillari bilan muzokaraga kirishdi.

Milanliklar 31 yoshli chililik futbolchini kamida avgust oyining oxirigacha olib qolmoqchi. Agar Sanches shu muddat ichida ishonchni oqlasa, ijara muddati yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

“Manchester Yunayted” ham bu taklifga qarshi emas. Sulsher Sanchesga asosiy tarkibdan joy bermaydi. Yuqori maosh oladigan futbolchining ijarada yurgani manchesterliklarni ham to‘la qoniqtiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!