
Internetni larzaga keltiruvchi Ronalduning intervyusi qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi
Bir necha kun avval Krishtianu Ronaldu tez orada o‘zining YouTube kanalida internetni larzaga keltiruvchi intervyu joylanishi haqida aytgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, intervyu davomida Ronalduning suhbatdoshi mashhur bloger MrBeast bo‘ladi. Mazkur video bugun soat 19:00da Krishtianuning "UR Cristiano" kanalida taqdim etiladi.
Futbolchi video sarlavhasida "Men internetni larzaga keltirish uchun MrBeast bilan ko‘rishdim" deb nomlagan.
Fikrlar